Xodimlar uchun KPI tizimi
Har bir xodimning natijasi ballarda ko'rinadi: hujjat kiritiladi, ball qoidalaringiz bo'yicha hisoblanadi, rahbar esa bo'limlar kesimidagi aniq manzarani ko'radi.

KPI tizimi nima?
KPI (Key Performance Indicators) — xodim yoki bo'lim ish natijasini o'lchaydigan asosiy ko'rsatkichlar. To'g'ri qurilgan KPI tizimida baholash shaxsiy fikrga emas, aniq natijaga tayanadi.
Azul KPI'da natija ball bilan o'lchanadi. Qaysi ish necha ball olishini tashkilot o'zi belgilaydi, keyin hisob-kitobni dastur bajaradi.
KPI tizimini qanday joriy qilish mumkin?
Ball qoidalarini belgilang
Yo'nalishlar va ish turlarini kiriting, har biriga ball yozing.
Xodimlarni qo'shing
Bo'limlar va xodimlarni kiriting, KPI ishtirokchilarini tanlang.
Hujjatlarni kiriting
Hujjat fayllari bilan kiritiladi, ball qoidaga ko'ra avtomatik hisoblanadi.
Natijani kuzating
Oylik va yillik natijalar, 12 oylik dinamika va reyting tayyor bo'ladi.
Azul KPI nima beradi?
Avtomatik ball
Ball qo'lda sanalmaydi: hujjat kiritilishi bilan hisoblanadi.
O'z qoidalaringiz
Ball tizimini tashkilotingiz ishiga qarab sozlaysiz.
Hamijrochilar
Bitta hujjat ustida ishlaganlarning hammasiga ball yoziladi.
Ijro intizomi
Vazifa muddatida bajarilgani tekshiriladi, ball tasdiqlangandan keyin yoziladi.
Mehnat intizomi
Oylik kechikishlar jarima taklifi sifatida chiqadi, qarorni HR qiladi.
Aqlli ogohlantirishlar
Lojuvard va Safir tariflarida pasayish, salbiy ball yoki takrorlangan hujjatni tizim o'zi topadi.
Jonli reyting
Lojuvard va Safir tariflarida kirish ekranida reyting va yillik liderlar, Feruza tarifida — davomat QR kodi.
Excel hisobotlar
Bo'limlar va xodimlar kesimidagi hisobot bir tugmada tayyor bo'ladi.
Excel'dagi KPI'dan farqi nimada?
Excel kichik hisob uchun yaxshi, lekin xodimlar ko'paygani sari fayllar, formulalar va versiyalar chalkashib ketadi. Oy oxirida jadvalni yig'ishning o'zi alohida ishga aylanadi.
Azul KPI'da ma'lumot bitta bazada turadi: hujjatlar fayllari va ballari bilan birga saqlanadi, muhim amallar audit jurnaliga yoziladi, har kim faqat o'ziga ruxsat berilgan ma'lumotni ko'radi.
KPI va davomat bir tizimda
Natija bilan birga intizom ham ko'rinadi: kim kechikkani, kim vazifani muddatida bajargani bitta tizimda turadi. Xodimlar esa Telegram orqali davomatini belgilaydi va vazifalarini oladi.
Xodimlar davomati dasturi haqidaMavzuga oid maqolalar
KPI nima va u qanday hisoblanadi
KPI nima, xodim KPI'i qanday hisoblanadi va ko'rsatkichlar qanday tanlanadi: formulalar, vaznli KPI misoli va joriy qilishdagi ko'p uchraydigan xatolar.
Lavozimlar bo'yicha KPI ko'rsatkichlari: misollar
Sotuv menejeri, buxgalter, HR, devonxona xodimi, bo'lim rahbari va boshqa lavozimlar uchun tayyor KPI ko'rsatkichlari va ularni o'lchash usullari.
Ko'p so'raladigan savollar.
KPI ko'rsatkichlarini o'zimiz belgilay olamizmi?
Ha. Yo'nalishlar, ish turlari va ballarni tashkilotingiz o'zi sozlaydi. Keyinroq ularni o'zgartirish ham mumkin.
Ball qanday hisoblanadi?
Qo'lda kiritilmaydi: hujjat tizimga kiritilgach, ball siz belgilagan qoida bo'yicha avtomatik hisoblanadi.
Natijalar qachon yangilanadi?
Ball tushishi bilan: boshqaruv paneli shu zahoti yangilanadi, Lojuvard va Safir tariflarida kirish ekranidagi reyting ham.
Xodim o'z natijasini ko'ra oladimi?
Ha. Telegram Mini App'da xodim oylik natijasi va reytingdagi o'rnini ko'radi.
KPI tizimini joriy qiling.
Tizimni tashkilotingiz misolida ko'rsatib beramiz.