Azul KPI haqida
Azul KPI — Toshkentdagi Azul kompaniyasining dasturi. U xodimlar KPI'i, davomati va vazifalarini bitta tizimda yuritish uchun mo'ljallangan.

Qisqacha
Rahbar va HR bo'limi Windows ilovasida ishlaydi: hujjatlar kiritiladi, ball qoidalar bo'yicha avtomatik hisoblanadi, natijalar bo'limlar va oylar kesimida ko'rinadi.
Xodimlar alohida dastur o'rnatmaydi. Davomatni belgilash, vazifa olish va ta'til arizasi Telegram Mini App orqali ishlaydi, Lojuvard va Safir tariflarida takliflar va so'rovnomalar ham.
Asosiy ma'lumotlar
Kimlar uchun
Xodimlar ishini ball, davomat va vazifalar orqali kuzatmoqchi bo'lgan tashkilot va korxonalar: rahbar, HR bo'limi va xodimlarning o'zi.
Platforma
Boshqaruv uchun Windows 10 va 11 (64-bit) ilovasi. Xodimlar uchun Telegram Mini App, ya'ni Telegram o'rnatilgan har qanday telefon.
Tillar
O'zbek (lotin va kirill) va rus. Telegram xabarlari xodim tanlagan tilda keladi.
KPI
Har bir hujjat yoki ish turi uchun ballni tashkilot o'zi belgilaydi. Ball avtomatik hisoblanadi, reyting va 12 oylik dinamika tayyor bo'ladi.
Davomat
Kirishdagi ekranda har 15 soniyada almashadigan QR kod yoki GPS orqali tasdiq. Kechikish va oylik hisobot avtomatik tuziladi.
Vazifalar va boshqalar
Topshiriqlar va ijro intizomi, yig'ilishlar, ta'til arizalari, tug'ilgan kun tabriklari; Lojuvard va Safir tariflarida takliflar va so'rovnomalar ham.
Hisobotlar
Bo'limlar va xodimlar kesimidagi hisobotlar Excel'ga bir tugmada chiqariladi.
Xavfsizlik
Rollar va huquqlar, PIN-kod va avto-qulf, audit jurnali, HTTPS orqali aloqa va ma'lumotlar bazasining har kungi avtomatik zaxirasi.
O'zbekistondagi tashkilotlar uchun nimasi qulay?
Interfeys o'zbek tilida, lotin va kirill yozuvida, hamda rus tilida ishlaydi, shuning uchun har bir xodim o'ziga qulay tilni tanlaydi.
Xodimlar bilan aloqa ko'pchilik har kuni ishlatadigan Telegram orqali bo'ladi. Bayramlar va ko'chirilgan ish kunlari davomat kalendariga kiritiladi.
Jamoa Toshkentda joylashgan: savol va taqdimot uchun telefon yoki Telegram orqali bog'lanish mumkin.
Qanday boshlanadi?
Taqdimot
Biz bilan bog'lanasiz, tizimni tashkilotingiz misolida ko'rsatamiz va mos tarifni tanlaymiz.
Sozlash
Bo'limlar, xodimlar, ball qoidalari va ish tartibi kiritiladi.
Ilovani o'rnatish
Windows ilovasi bir bosishda o'rnatiladi, administrator huquqi kerak emas.
Xodimlarni ulash
Xodimlar Telegram botga telefon raqami bilan kiradi va davomatni belgilay boshlaydi.
KPI dasturini tanlashda nimaga qarash kerak?
Xodimlar qaysi tilda ishlaydi, davomat qanday tasdiqlanadi, ball qoidalarini o'zingiz o'zgartira olasizmi, har kim faqat o'ziga ruxsat berilgan ma'lumotni ko'radimi, xodim o'z natijasini ko'ra oladimi va hisobotlar Excel'ga chiqadimi. Shu savollarga javob dasturning sizga mos-mos emasligini tez ko'rsatadi.
KPI nima va qanday hisoblanadiKo'p so'raladigan savollar.
Azul KPI nima?
Xodimlar KPI'i, davomati va vazifalarini bitta tizimda yuritish dasturi. Boshqaruv Windows ilovasida, xodimlar qismi esa Telegram Mini App'da ishlaydi.
Xodimlarga kompyuter kerakmi?
Yo'q. Davomat, vazifalar va ta'til arizasi uchun telefonda Telegram yetarli, Lojuvard va Safir tariflarida takliflar uchun ham. Windows ilovasi rahbar, HR va hujjat kirituvchilar uchun.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O'zbek (lotin va kirill) va rus tillarida.
Narxi qancha?
Feruza — bir xodim uchun oyiga 18 000 so'm (50 tagacha xodim), Lojuvard — 25 000 so'm, Safir — kelishuv asosida. Yillik to'lovda 20% arzon. Taqdimot uchun: +998 33 123 33 77 yoki Telegram'da @AZUL_ON.
Tizimni ko'rib chiqing.
Azul KPI'ni tashkilotingiz misolida ko'rsatib beramiz.