Xodimlar davomati dasturi
Qog'oz jurnal va qo'lda to'ldiriladigan jadval o'rniga: xodim Telegram'da bir tugma bosadi, kechikish va oylik hisobot esa o'zi tuziladi.

Davomat dasturi nima uchun kerak?
Qo'lda yuritiladigan davomat ko'p vaqt oladi: kim qachon kelgani yoziladi, kechikishlar sanaladi, oy oxirida jadval qayta tekshiriladi. Xatolar ham shu yerda chiqadi.
Azul KPI bu ishni avtomatlashtiradi. Xodim kelganini o'zi belgilaydi, tizim ish tartibiga qarab kechikishni hisoblaydi, HR esa tayyor natijani ko'radi.
Davomat qanday ishlaydi?
Xodim Telegram'ni ochadi
Alohida ilova o'rnatilmaydi: davomat Telegram Mini App ichida ishlaydi.
Kelganini tasdiqlaydi
Kirish monitoridagi QR kodni skanerlaydi yoki, ruxsat berilgan bo'lsa, ofis hududida GPS orqali tasdiqlaydi.
Tizim hisoblaydi
Kelgan vaqt yoziladi, kechikish esa siz belgilagan ish tartibi bo'yicha hisoblanadi.
HR natijani ko'radi
Bugungi holat, oylik jadval va so'rovlar bitta bo'limda turadi.
Nimalar hisobga olinadi?
Ish tartibi
Ish boshlanishi va tugashi, ish kunlari va ruxsat etilgan kechikish daqiqalari o'zingiz belgilaysiz.
Kechikishlar
Har bir kechikish va oylik jami soat avtomatik sanaladi.
Bayramlar
Bayram va ko'chirilgan ish kunlari kalendarga kiritiladi.
Ta'til va sababli kunlar
Tasdiqlangan ta'til, kasallik va xizmat safari kelmagan kun bo'lib hisoblanmaydi.
Qo'shimcha ish
Dam olish kunlari kelganlarni alohida ko'rasiz. Bu imkoniyatni o'chirib qo'yish ham mumkin.
Tuzatish so'rovlari
Xodim belgilashni unutsa, so'rov yuboradi. HR tasdiqlasa, davomat to'g'rilanadi.
Nazoratchilar
Tayinlangan nazoratchi o'ziga berilgan xodimlarning kelib-ketishini Telegram'da ko'radi.
Eslatmalar
Xodimga kelishni belgilash haqida Telegram'da eslatma boradi, xabarlar o'zi tanlagan tilda keladi.
QR kod yoki GPS: qaysi biri mos keladi?
QR kod kirish monitorida ko'rsatiladi va har 15 soniyada almashadi. Bu ofisga keladigan jamoalar uchun asosiy usul.
GPS kirish monitori yo'q joylarda qulay: xodim ofis radiusida bo'lsa, tasdiq qabul qilinadi. GPS'ni telefonda soxtalashtirish mumkinligi uchun uni sozlamalarda o'chirib qo'ysa bo'ladi. HR har bir yozuvda tasdiq usulini ko'rib turadi.
Davomat va KPI bir tizimda
Oylik kechikish soatlari "Mehnat intizomi" bo'yicha jarima taklifi sifatida chiqadi. Ball faqat HR tasdiqlagandan keyin yoziladi, shuning uchun qaror odamda qoladi.
Xodimlar KPI tizimi haqidaMavzuga oid maqolalar
Ko'p so'raladigan savollar.
Boshqa odam xodim o'rniga belgilay oladimi?
Belgi xodimning Telegram akkauntiga bog'langan, QR kod esa har 15 soniyada almashadi. Har bir yozuvda tasdiq usuli ko'rinadi, shubhali holatda HR ogohlantirish belgisini ko'radi. Mutlaq kafolat yo'q, shuning uchun qarorni HR qiladi.
Kechikish qanday hisoblanadi?
Ish boshlanishi va ruxsat etilgan kechikishni siz belgilaysiz. Masalan, 09:00 va 15 daqiqa bo'lsa, 09:15 gacha kelgan xodim kechikkan hisoblanmaydi, 09:16 da kelgan xodimga esa 16 daqiqa yoziladi.
Xodim ketishini ham belgilashi kerakmi?
Ketish ixtiyoriy va QR yoki GPS so'ramaydi. Belgilanmasa, kun ish tugash vaqti bilan yopiladi.
Telefonda nima kerak bo'ladi?
Faqat Telegram va internet. Xodim telefon raqami bilan botga kiradi, boshqa dastur o'rnatilmaydi.
Davomatni avtomatlashtiring.
Tizimni tashkilotingiz misolida ko'rsatib beramiz.